Rust bu nisbatan yangi dasturlash tili bo’lib unga allaqachon bir qancha yaxshi kitoblar chop etilgan. Lekin ba’zida bu kitoblar bu tilga endi kirib kelgan foydalanuvchilar uchun salgina qiyinlik qiladi. Hozirda, juda ham ko’p tashkilot va erkin foydalanuvchilar bu tilni o’rganishmoqda va tushunish uchun osonroq qilib yozilgan kitob bilan bu o’rganish jarayonini tezlashtirishning imkoni bor albatta. Ushbu kitob aynan shu Rust bo’yicha tushunish uchun osonroq kitob izlab yurganlar uchun maxsus yozilgan.
Rust hozirda ishlatiladigan ommabop tillarga nisbatan keyin chiqganiga qaramasdan, foydalanuvchilar orasida anchagina shuhratga erishdi. Sababi u C va C++ ning boshqaruv va tezligi bilan birga Python da mavjud bo’lgan “memory safety” ya’ni ma’lumotlar havfsizligini ham taklif etadi. Bu afzalliklarni u albatta faqatgina Rust ga xos bo’lgan uslublar bilan amalga oshiradi. Ya’ni, bu tilda ba’zi bir yangi narsalar borki uni shunchaki yo’l-yo’lakay o’rganib keta olmaysiz toki qunt bilan yondashmasangiz. Sababi, Rust boshlash uchun ozgina qiyin bo’lgan tillardan biri hisoblanadi va tushunib olish uchun ozgina vaqt talab etadi. Agarda siz boshqa dasturlash tillarini ham bilsangiz, ba’zi narsalar tanish tuyulishi ham mumkin.
Leave a Reply