Agar siz hali Rust ni o’rnatmagan bo’lsangiz, “no problem”. Siz shunchaki https://play.rust-lang.org/ sayti orqali brauzeringizdan chiqmagan holda Rustdan foydalanishingiz mumkin. Siz shunchaki kod yozib “Run” tugmasini bosishingiz va natijani olishingiz mumkin. Ushbu kitobdagi barcha mashqlarni siz aynan shu “Playground” orqali amalga oshirishingiz mumkin, lekin, kitob oxirlashgani sari ba’zi bir topshiriqlarni bajarish uchun Rust ni o’rnatishga to’g’ri keladi (misol uchun fayllar bilan ishlash jarayonida).
Rust Playground dan foydalanishdagi ba’zi bir maslahatlar:
- Yozgan kodingizni “Run” tugmachasi orqali ishga tushirishingiz mumkin
- “Debug” holatidan “Release” holatiga o’tkazish orqali siz yozgan kodingizni tezroq ishlashiga erishishingiz mumkin. “Release” kodni sekinroq kompilyatsiya qiladi, lekin tezroq ishlatadi va “debug” ma’lumotlarini o’chirib qo’yadi. “Debug” esa tezroq kompilyatsiya qiladi ammo sekinroq ishlaydi va “debug” ma’lumotlarini ham beradi
- “Share” tugmachasini bosib url havola olishingiz mumkin. Ushbu havolani boshqalar bilan forumlarda bo’lishganingizda, istalgan yordam berishni hoxlagan foydalanuvchi link orqali havoladagi kodga to’g’ridan to’g’ri o’rishi mumkin
- “Rustfmt” yozilgan kodni Rust uslubida formatlab beradi
- “Clippy” yozilgan kodni qanday qilib yana ham yaxshilash mumkinligi to’g’risida ma’lumot beradi
- “Config” orqali esa foydalanuvchi ishchi maydonni istalgan “Dark” yokida “Light” ko’rinishga o’gira oladi.
Agar siz Rust ni o’rnatmoqchi bo’lsangiz, https://www.rust-lang.org/tools/install havola orqali o’tib, ko’rsatilgan qadamlarni takrorlagan holda o’z qurilmangizga Rust ni bemalol o’rnatsangiz bo’ladi.
Leave a Reply