Microsoft Windows 10 uchun KB5043131 raqamli yangilanishni chiqardi. Ushbu yangilanish tizimning ishlashini yaxshilashga qaratilgan to’qqizta o’zgarish va tuzatishni o’z ichiga oladi. Yangilanish 22H2 versiyasi foydalanuvchilari uchun mavjud bo’lib, 2024-yil sentabr oyining dastlabki kumulyativ relizini tashkil etadi.
Asosiy tuzatishlardan biri bu Edge brauzeri IE bilan mos keladigan rejimda ishlamay qolish muammosini bartaraf etishdir. Bundan tashqari, Defender for Endpoint antivirus faol bo’lganida Work Folders sinxronizatsiyasida xatoliklarga olib keladigan muammo ham hal qilindi. Shuningdek, yangilanish ba’zi bir “obyom”lik ovoz texnologiyalari ishlatilganda ba’zi media fayllarni ijro etishni to’xtatib qo’yadigan xatoni tuzatadi.
Bundan tashqari, KB5043131 “Start” menyusi ishlashini yaxshilab, profil rasmining joylashuvini o’zgartiradi va elementlarning kontrastini oshirish uchun yangi fon rangi qo’shadi. Yangilanish shuningdek, Yevropaning Raqamli Bozorlar to’g’risidagi qonun talablariga muvofiq Microsoft Entra orqali tizimga kirish haqidagi tez-tez paydo bo’ladigan bildirishnomalarni tuzatadi.
Bundan tashqari, mobil operatorlarning profil ma’lumotlari yangilandi, fayl menejeri va vazifalar paneli ishlashi yaxshilandi va ushbu ilovalarni ishlatishda tizimning qotib qolishi bilan bog’liq muammolar bartaraf etildi. Bundan tashqari, Windows yangilanishlariga qatnashish imkoniyatini tanlash haqida yangi bildirishnoma paydo bo’ldi.
Ta’kidlash joizki, ushbu yangilanishda ma’lum bir muammo mavjud: foydalanuvchilar hisob qaydnomasi profil rasmini o’zgartirishda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Bu Microsoft ushbu reliz uchun e’lon qilgan yagona muammo hisoblanadi.
Yangilanishni “Windows Update” markazidan “Yangilanishlarni tekshirish” bandini tanlab o’rnatishingiz mumkin. Qo’lda o’rnatishni afzal ko’rganlar uchun KB5043131 Microsoft yangilanishlari katalogidan yuklab olinishi mumkin.
Leave a Reply