Legion bu 1990-yillarda Virjiniya universitetida boshlangan tarqalgan hisoblash tizimini yaratishga qaratilgan loyiha bo‘lib, bunda bir nechta kompyuter yagona superkompyuter tizimi sifatida birlashtirilardi. Buning natijasida har bir foydalanuvchi o‘z shaxsiy kompyuterida mavjud bo‘lgan hisoblash quvvatidan ko‘ra ko‘proq quvvatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lar edi.
Aslida, “bulut”(cloud) termini keng tarqalishidan ancha oldin Legion loyihasida bulutli hisoblash sxemalari qo‘llanilgan edi. Hozirda Legion loyihasi faoliyat yuritmasa-da, unda ishlab chiqilgan g‘oyalar va konsepsiyalar bulutli hisoblash va parallel maʼlumotlarni qayta ishlash sohalarining keyingi rivojiga taʼsir ko‘rsatgan.
Oddiy qilib aytganda, Legion loyihasi bir nechta kompyuterlarni birlashtirib, ulardan yaxlit bir tizim sifatida foydalanishga imkon bergan. Bugungi kunda biz foydalanuvchilar uchun bulutli xizmatlar deb ataladigan narsaning dastlabki namunasi bo‘lgan.
Leave a Reply