Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik xizmati Gruziyaning sobiq mudofaa vaziri David Kezerashvili bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro qo‘ng‘iroq markazlari tarmog‘ining faoliyatiga chek qo‘ydi. FXXning jamoatchilik bilan aloqalar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda u London shahrida yashirinmoqda.
Bu qo‘ng‘iroq markazlari tarmog‘i xalqaro tashkilotlashgan jinoyatchilik guruhi tarkibiga kirgan. Ular investitsiya bitimlari ko‘rinishida Evropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Kanada, Braziliya, Hindiston, Yaponiya va boshqa mamlakatlar fuqarolarini aldab, pul olganlar. “Ularning noqonuniy faoliyati natijasida 50 dan ortiq davlat hududida yashovchi taxminan 100 ming kishi jabrlanib, kuniga 1 million dollarga yaqin daromad olganlar”, deyiladi xabarda.
FXX Rossiya hududida faoliyat yuritgan qo‘ng‘iroq markazlari rahbarlarini aniqladi. Ular orasida Isroil va Ukraina fuqarosi bo‘lgan Ya.D.Keselman (u qo‘lga olingan) va Isroil va Gruziya fuqarosi bo‘lgan D.Todva (u qidiruvda) bor.
Jami 11 nafar qo‘ng‘iroq markazlari rahbari va xodimi qo‘lga olingan. Qo‘lga olinganlarga nisbatan FXX Tergov boshqarmasi Rossiya Jinoyat kodeksining 210-moddasi (jinoyatchilik uyushmasini tashkil etish), 159-moddasining 4-qismi (ayniqsa katta miqdorda firibgarlik) va 207-moddasining 3-qismi (terrorizm akti haqida yolg‘on xabar tarqatish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Operativ-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlari davom etmoqda.
Ilgari huquq-himoya organlari Moskva shahrining Lefortovo sudi David Kezerashviliga nisbatan firibgarlik ishi bo‘yicha g‘iyoy ravishda hibsga olish qarori chiqarganini ma’lum qilgan edi. Rossiyada u qidiruvda.
Leave a Reply