Sharhlar(comments) asosan kompyuter uchun emas balki dasturchilan o’qishi uchun foydalanilai. Sharhlar yozish boshqalarning kodni o’qish jarayonini osonlashtirgani kani sizning ham keyinchalik yozgan kodingizni o’qishingizga yordam beradi. Ko’pchilik yaxshi kod yozishadi lekin ozgina vaqt o’qib nega unday kod yozganliklarini esdan chiqarib qo’yishadi. Rust dasturlash tilida comment yozish uchun “//” dan foydalaniladi
fn main() {
//Rust dasturlash tili fn main() bilan boshlanadi
//Yozilayotgan kod {} bloklarining ichiga yoziladi
let variable = 100; //Istalgan kodni yozsak bo'ladi
}
Agar siz “//” dan keyin istalgan matnni yozsangiz kompayler bu matnlarni shunchaki tashlab ketadi va “//” ga kelganidan so’ng shunchaki boshqa qatorga o’tib ketadi.
Undan tashqari yana “/*……..*/” sharhlash usuli bo’lib, bu usul bilan kodning o’rtasiga ham sharhlar kirgazish mumkin
fn main() {
let some_number/*: i16*/ = 100;
}
Ishlov jarayonida kompilyator uchun kiritgan kodimiz ” let some_number = 100;” shaklida ko’rinadi.
“/*……*/” sharhlashning ning yana bir ko’rinishi bo’lib. Bu orqali siz bir vaqtning o’zida bir qancha qatordagi kodlarni sharhlashingiz mumkin. “//” bilan esa bir vaqtda faqatgina 1 dona qatorni sharhlash mumkin va agarda ko’proq qatorni sharhlamoqchi bo’lsangiz unda har bir qator boshiga “//” yozib chiqish talab etiladi.
fn main() {
let some_number = 100; /* Bu belgidan so'ng siz
istalgan qatorga istalgan matnni kititishingiz mumkin
toki yakunlash belgisini kiritmaguningizcha */
let some_number = 100; //endi esa faqatgina 1 qatorlik
//sharhlashni ko'rib chiqamiz
}
Leave a Reply