O’zgaruvchilarni e’lon qilishni, “let” dan tashqari, yana ikki xil usuli bo’lib ular “const” va “static”. Shuningdek, Rust aynan bu turdagi o’zgaruvchilar uchun ma’lumot turini tahmin qilishdan foydalanmaydi va ma’lumot turi aniq kiritilishi kerak. Asosan bunday o’zgaruvchilar butun dastur ishlash jarayoni davomida o’zgarmas bo’ladi.”const” – constand(doimiy). Ularning farqi shundaki:
- const – o’zgarmas qiymatlar uchun ishlatilinadi va dastur davomida const ga berilgan nomni kiritsak undagi qiymatdan foydalana olamiz.
- static – huddi “const” ga o’xshagan, lekin bunda xotiradagi joylashuv o’zgarmas bo’ladi va bu global o’zgaruvchi sifatida xizmat qiladi.
Ko’rib turibmizki ular deyarli bir xil, dasturchilar odatda “const” dan foydalanishadi.
Bu turdagi o’zgaruvchilarni e’lon qilayotganimizda biz asosiy “main” funksiyasidan tashqarida e’lon qilishimiz kerak, sababi ular to’liq dastur tugagunicha aktiv bo’lishlari kerak.
Bularga misol qiladigan bo’lsak:
const NUMBER_OF_MONTHS: u32 = 12;
static SEASONS: [&str; 4] = ["Spring", "Summer", "Fall", "Winter"];
fn main(){
println("Main funksiyadan tashqarida e'lon qilindi")
}
Leave a Reply