Nulevoy kun zaif tomonlari deganda, dasturdagi xatolar tushuniladi. Bu xatolar haqida dastur yaratgan kompaniya bilmaydi yoki bilsa-da, ularni tuzatish uchun “patch” dasturini hali chiqarmagan bo‘ladi.
Nega bunday xatolar xavfli?
Bu xatolar xakerlar uchun juda qimmatlidir. Chunki ular orqali hech kim sezmay turib, tizimga kirib olish va turli jinoyat ishlarini sodir etish mumkin. Masalan, sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni o‘g‘irlab olish, hisob raqamingizga kirib pullaringizni olib qochish va boshqalar.
Bu xatolar qanday paydo bo‘ladi?
Bu xatolarni odatda kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar yoki o‘zi xakerlik bilan shug‘ullanuvchi odamlar topadi. Agar bu xatoni mutaxassis topgan bo‘lsa, u holda dastur yaratgan kompaniyaga xabar berib, ulardan xatoni tuzatishni so‘raydi. Agar xatoni xaker topgan bo‘lsa, u holda bu xatoni o‘zining manfaati uchun foydalanishi mumkin.
Leave a Reply