Zamonaviy ilm faqat sunʼiy intellekt va uzoq kosmos haqidagi kashfiyotlar bilangina cheklanmaydi. Olimlar hayvonlarning g‘ayrioddiy va taʼsirli xulq-atvorlarini kashf etishda davom etib, bizga atrof-muhit haqida yangicha qarashga majbur qilmoqda.
Tushda kuylash
Bu yil ornitologlar baʼzi qushlarning tushda qo‘shiq mashq qilish qobiliyatiga ega ekanligini aniqlashdi. Zebra amadinalari va katta kiskadilar ustida kuzatuvlar olib borilganda, uxlab yotgan qushlar tumshuqlarini harakatlantirib, goyo ovoziz qo‘shiq aytib turgandek bo‘lishgan. Bu gipotezani tasdiqlash uchun qushlarning miyasiga elektrodlar o‘rnatildi. Tadqiqotlar natijasida zebra amadinalari tushda vokal mahoratini oshirishi, katta kiskadilar esa oddiyroq ovoz to‘plamiga ega bo‘lgani uchun bunday qobiliyatga ega emasligi aniqlandi.
Suv ostidagi “suhbatlar”
Konnektikut shtatidagi Mistik akvariumida beluxalarni o‘rganuvchi dengiz biologlari ularning kommunikatsiya qobiliyati haqida qiziqarli maʼlumotlarni ochdi. Beluxalarning peshonasida “qovun” deb ataladigan maxsus yog‘li hosila bo‘ladi. Kitlar bu organ yordamida bir-birlari bilan muloqot qilishadi: uni tebratib, oldinga va orqaga harakatlantirib, o‘ziga xos signallar yaratadilar. Olimlar hozircha har bir harakatning maʼnosini to‘liq ochib bera olishmasa-da, beluxalarning bunday yo‘l bilan ham mehr-muhabbat bildirishi, ham agressiya ko‘rsatishi maʼlum.
Ayiqlarning jozibadorligi siri
Nega ayiqlar o‘zlarining yaqqol xavfli bo‘lishiga qaramay, odamlarga juda yoqimtoy tuyuladi? Bu savol hatto memga aylangan: “if not friend then why friend-shaped” (“Agar do‘st bo‘lmasa, nega do‘stga o‘xshaydi?”). Olimlar bunday paradoksal jalb qilishning bir nechta sababini ajratib ko‘rsatishadi: turli xalqlar madaniyatida ayiqlarning o‘rni, insonlarning yashash joyi va oziq-ovqat tanlashdagi o‘xshashliklari, shuningdek, ushbu hayvonlarning tashqi ko‘rinishining o‘ziga xos xususiyatlari.
Itdek siypalagisi keladigan katta burun, zich to‘q yun va dumaloq quloqlar – bu barcha xususiyatlar odamlarda mehr-muhabbat uyg‘otadi. Undan tashqari, ayiqlarning pufakcha bo‘lgan lablari odam bolasining yuziga o‘xshab, ota-ona instinktlarini uyg‘otishi mumkin. Biroq, bu hayvonlarni 14 yil davomida o‘rgangan ekolog Rey Uinn-Grant ayiqlar qanchalik sevimli bo‘lmasin, ular xavfli yirtqich ekanini eslatadi.
Yovvoyi itlarning ifodaviy qobiliyati
Uzoq vaqt davomida “itcha ko‘zlar” degan ibora faqat uy itlariga xos deb hisoblanar edi. Ammo yaqindagi tadqiqotlar afrikalik yovvoyi itlarning ham shunday taʼsirli ifoda yaratish imkonini beradigan maxsus qoshlar muskuliga ega ekanligini ko‘rsatdi. Dyuken universitetidan biologik antropolog Enn Berrouz bu kashfiyot itlarning evolyutsiyasi va tabiati haqida yangi maʼlumotlar berishini taʼkidlaydi.
Qushlarning odobi
Yapon sinochkalari (Parus minor) ornitologlarni o‘zlarining odobi bilan hayratga soldi. Uyaga kirish oldidan qushlar insonlarning “iltimos, avval siz kiring” degandagi harakatiga o‘xshash qanotlarini qimirlatishadi. Olimlar bunday xatti-harakatni hayvonlarning bevosita emas, balki ramziy ishoralardan foydalanishi mumkinligining dalili deb hisoblashadi.
Qutqaruvchi issiqlik
So‘nggi o‘n yillarda amfibiyalar o‘limga olib keluvchi zig‘irchan gribok kasalligidan aziyat chekab kelmoqda. Issiq va quruq iqlimda kasallik kamroq tarqalishini payqagan olimlar o‘zgacha yechim topishdi. Ular baqalarning o‘lchamiga mos keladigan teshiklar bilan qora g‘ishtdan maxsus boshpanalar yaratishdi. “Baqa saunasi” deb nomlangan bu inshoatlar issiqlikni yaxshi to‘plab, amfibiyalarga gribok infeksiyasiga qarshi kurashishga yordam beradi.
Leave a Reply