AQSh harbiylari Eron bo‘ylab berilgan zarbalar vaqtida Anthropic kompaniyasining sun’iy intellekt vositalaridan foydalandi. Shunisi e’tiborliki, bu holat Tramp federal idoralarga ushbu kompaniya texnologiyalaridan foydalanishni rasman taqiqlaganidan bir necha soat o‘tib yuz bergan.
Wall Street Journal nashrining manbalarga tayanib xabar berishicha , Anthropic vositalari AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) tomonidan Yaqin Sharqda, shuningdek, dunyo bo‘ylab boshqa qo‘mondonliklar tomonidan razvedka ma’lumotlarini baholash, nishonlarni aniqlash va jangovar ssenariylarni modellashtirish uchun qo‘llanilmoqda.
Harbiy harakatlarda qo‘llanilishi
Eron bo‘ylab keng ko‘lamli jangovar harakatlarda Claude AI aynan qaysi darajada ishlatilgani haqidagi tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan. Avvalroq ushbu texnologiya Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘lga olish operatsiyasi davomida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan edi.
Bunday samarali qo‘llanilishiga qaramay, Yaqin Sharqdagi voqealardan bir kun oldin Tramp hukumatga Claude tizimidan foydalanishni zudlik bilan to‘xtatishni buyurdi.
Davlat va kompaniya o‘rtasidagi ziddiyat
Urush vaziri Pit Hegset vazirlikka Anthropic’ni milliy xavfsizlikka tahdid va “ta’minot zanjiri uchun xavf” deb tan olish haqida topshiriq berganini tasdiqladi. O‘z navbatida, kompaniya (https://www.anthropic.com/news/statement-comments-secretary-war) ushbu qaror ustidan sudga shikoyat qilishga tayyorligini bildirdi.
Trampning ushbu keskin qarori Anthropic va Pentagon o‘rtasidagi bir necha haftalik keskin muzokaralardan so‘ng qabul qilindi:
- Kompaniya rad javobi: Anthropic o‘z sun’iy intellektidan ommaviy kuzatuv yoki avtonom qurol tizimlari uchun foydalanishga ruxsat berishdan bosh tortdi.
- Pentagon ultimatumi: Vazirlik kompaniya oldiga shart qo‘ydi: yoki shartlarga rozi bo‘lish, yoki oqibatlarga duch kelish.
Kelajakdagi oqibatlar
Yakunda Tramp idoralarga Anthropic bilan hamkorlikni bosqichma-bosqich to‘xtatish uchun 6 oy vaqt berdi. U kompaniya agar “jiddiy fuqarolik va jinoiy oqibatlarni” istamasa, ushbu davr mobaynida yordam ko‘rsatishi va “o‘zini qo‘lga olishi” yaxshiroq ekanini ta’kidladi.
Nima bo‘lganda ham, Anthropic vakillari uchun harbiylar bilan simbiozdan qochish va Venesuela hamda Eronga berilgan zarbalardan so‘ng o‘z nomini “oqlash” endi imkonsizdek ko‘rinmoqda. Ishlanmalarning kelgusi taqdiri hamda ularning e’lon qilingan “ezgu” etik maqsad va qoidalarga zid ekani ayon bo‘lib qolmoqda.






Leave a Reply